Registrator ofisi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Registrator ofisi” talabani tizimda shakllantirish, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Registrator ofisi xodimlari tarkibi
“Registrator ofisi” boshlig‘i;
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimi boshligʻi;
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimi boshligʻi;
Menejerlar.
Registrator ofisining asosiy vazifalari
Universitetning talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasidagi missiyasi hamda asosiy strategik yo‘nalishlarini yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va mas’uliyat bilan amalga oshirish;
talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va universitet tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
talabalar uchun oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat turlarini tizim orqali tashkil qilish;
talabalarga oʻquv jarayonining tashkil etilishi, oʻquv jarayoniga tegishli maʼlumotlar, talabalarning elektron platformalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish;
talabalarga ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatishni tashkil qilish;
Ofis tomonidan xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Ofis tomonidan marketing hamda buxgalteriya xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
professor-oʻqituvchilar va talabalarga tizimga oid tegishli maslahatlar berish;
oʻquv dasturlaridagi farqlarni bartaraf etish maqsadida qayta oʻqishni tashkil qilish;
talabalarga tegishli boʻlgan statistik maʼlumotlarni yuritish hamda “HEMIS” axborot tizimiga toʻgʻri kiritilishini nazorat qilish;
Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, universitetdagi oʻquv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;
Universitetga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan universitetning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini umumlashtirish va tahlil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);
dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
universitetga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
universitetning magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
universitetda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.
toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va boshqa hollar uchun stipendiya tayinlash boʻyicha (dekanat yoki o‘quv uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan) bildirgi asosida hemis platformasidagi natijalarga ko‘ra stipendiya buyrug‘ini tayyorlash;
akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ishga joylashganligi bo‘yicha olib borilgan monitoring yuzasidan maʼlumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish;
“HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
akademik guruhlarni shakllantirish;
talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash)ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;
talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
“HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish;
dars jadvallarini hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat grafiklarini “HEMIS” axborot tizimida shakllantirish.
qat’iy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish; akademik qarzdor talabalarni aniqlash;
Manzil: Qori Niyoziy ko'chasi, 39-uy,
Joylashgan bino: IT park, 1-qavat
Telefon: +998 71 237 19 75