2025-yil 27-sentyabr kuni soat 11:00 da “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Ustoz-shogird Vatan bo‘ylab” nomli fotoko‘rgazma ochiladi.
26.09.2025
🔸Fotoko‘rgazma mualliflari – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, fotorassom FOTORITM (Zafar Ro‘ziqulov) va uning farzand-shogirdlari Zilola, Mahliyo va Laylo O‘skanovalar.
🔸Ko‘rgazmada namoyish etilgan 50 ta fotoasar fotosan’atning turli janrlarini o‘zida aks ettirgan bo‘lib san’at ixlosmandlariga yuqori badiiy zavq ulashdi.