Texnik topshiriq
29.09.2025
Maqsad: Chirchiq havzasi bo‘ylab suv xo‘jalik obyektlariga 1 kunlik tur tashkil etish
1. Asosiy talablar
- - Ishtirokchilar soni: 30 nafar
- - Tashkil etish muddati: 1 kun (sanasi keyinchalik aniqlanadi)
- - Marshrut: Chirchiq havzasi bo‘ylab suv xo‘jalik obyektlari (gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, kanal va nasos stansiyalari, ilmiy va ishlab chiqarish obyektlari). Aniq manzillar buyurtmachi bilan kelishiladi.
2. Xizmatlar ro‘yxati
1. Transport xizmati
- - 30 o‘rindiqli avtobus
- - Konditsioner va mikrofon tizimi bilan ta’minlangan
- - Haydovchi xizmat haqi va yonilg‘i xarajatlari narxga kiritilgan
2. Ekskursiya dasturi
- - Suv xo‘jalik obyektlariga tashrif va tanishtirish
- - Professional gid yoki mutaxassis hamrohligi
- - Har bir obyekt bo‘yicha qisqa ma’lumot taqdimoti
3. Ovqatlanish
- - Tushlik (30 nafar ishtirokchi uchun, issiq taom, salat, ichimlik)
- - Yo‘lda yengil nonushta (choy/kofe va sendvich)
4. Qo‘shimcha xizmatlar
- - Tibbiy yordam vositalari (apteçka)
3. Umumiy talablar
- - Xizmatlar to‘liq paket ko‘rinishida taqdim etilishi kerak
- - Transport va xizmat ko‘rsatish xavfsizlik me’yorlariga mos bo‘lishi shart
- - Tadbir yakunida foto/videoreportaj tayyorlab berilishi maqsadga muvofiq
Murojaat uchun telefon: 71/237-19-96