Texnik topshiriq

29.09.2025

Maqsad: Chirchiq havzasi bo‘ylab suv xo‘jalik obyektlariga 1 kunlik tur tashkil etish

1. Asosiy talablar

  • - Ishtirokchilar soni: 30 nafar
  • - Tashkil etish muddati: 1 kun (sanasi keyinchalik aniqlanadi)
  • - Marshrut: Chirchiq havzasi bo‘ylab suv xo‘jalik obyektlari (gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, kanal va nasos stansiyalari, ilmiy va ishlab chiqarish obyektlari). Aniq manzillar buyurtmachi bilan kelishiladi.

2. Xizmatlar ro‘yxati

1. Transport xizmati

  • - 30 o‘rindiqli avtobus
  • - Konditsioner va mikrofon tizimi bilan ta’minlangan
  • - Haydovchi xizmat haqi va yonilg‘i xarajatlari narxga kiritilgan

2. Ekskursiya dasturi

  • - Suv xo‘jalik obyektlariga tashrif va tanishtirish
  • - Professional gid yoki mutaxassis hamrohligi
  • - Har bir obyekt bo‘yicha qisqa ma’lumot taqdimoti

3. Ovqatlanish

  • - Tushlik (30 nafar ishtirokchi uchun, issiq taom, salat, ichimlik)
  • - Yo‘lda yengil nonushta (choy/kofe va sendvich)

4. Qo‘shimcha xizmatlar

  • - Tibbiy yordam vositalari (apteçka)

3. Umumiy talablar

  • - Xizmatlar to‘liq paket ko‘rinishida taqdim etilishi kerak
  • - Transport va xizmat ko‘rsatish xavfsizlik me’yorlariga mos bo‘lishi shart
  • - Tadbir yakunida foto/videoreportaj tayyorlab berilishi maqsadga muvofiq

Murojaat uchun telefon: 71/237-19-96