Texnik topshiriq

29.09.2025

Maqsad: Toshkent shahar bo‘ylab 2 soatlik sayyohlik turini tashkil etish

1. Asosiy talablar

- Ishtirokchilar soni: 80 nafar
- Transport: 2 qavatli sayyohlik avtobusi
- Tashkil etish muddati: 2 soat
- Marshrut: Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab (Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyoboni, Hazrati Imom majmuasi, teleminorasi, Samarqand Darvoza va boshqa obidalar — buyurtmachi bilan kelishiladi).

2. Xizmatlar ro‘yxati

1. Transport xizmati
   - 80 kishilik 2 qavatli sayyohlik avtobusi
   - Konditsioner, audio-gid tizimi mavjud
   - Haydovchi xizmati va yonilg‘i xarajatlari narxga kiritilgan

2. Ekskursiya dasturi
   - Professional gid (rus va ingliz tillarida, talab bo‘lsa boshqa tillarda ham)
   - Marshrut bo‘yicha qisqa tarixiy va madaniy ma’lumotlar berish

3. Qo‘shimcha xizmatlar
     - Tibbiy yordam vositalari (apteçka)
   - Foto/videoreportaj (agar buyurtmachi talab qilsa)

3. Umumiy talablar

- Transport texnik jihatdan soz va xavfsizlik talablariga mos bo‘lishi shart
- Xizmat ko‘rsatish yuqori sifat darajasida bo‘lishi kerak
- Tadbir davomida qatnashchilar uchun qulayliklar yaratilishi lozim

Murojaat uchun telefon: 71/237-19-96