“Xalqaro Geoaxborot tizimlari kuni” munosabati bilan “Mapathon” loyihasi o‘tkaziladi!
27.10.2025
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida, Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” guruhi, Kadastr agentligi hamda Germaniyaning GIZ tashkiloti hamkorligida “Xalqaro Geoaxborot tizimlari kuni” munosabati bilan “Mapathon” loyihasi o‘tkaziladi!
🌍 “Mapathon” — bu “Xalqaro Geoaxborot tizimlari kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan, talabalarning amaliy ishtiroki orqali joylardagi ijtimoiy obyektlarni raqamli xaritaga kiritishga qaratilgan innovatsion loyiha.
🗺 Loyiha maqsadi:
- Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi ijtimoiy obyektlar (maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar) infratuzilmasini o‘rganish va ularning raqamli xaritasini yaratish.
👥 Ishtirokchilar:
- Oliy ta’lim muassasalarining geoaxborot tizimlariga oid yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 3-4 kurs talabalaridan tuzilgan 15 kishilik jamoalar.
📅 Muhim sanalar:
- - Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 11-noyabrga qadar
- - Seminar: 12-noyabr soat 15:00, Toshkent shahri
- - Chinoz tumaniga tashrif: 13–14-noyabr, soat 08:00–18:00
🚍 Ishtirokchilar uchun:
- - Xavfsiz transport
- - To‘liq ovqatlanish
- - Esdalik sovg‘alar
- - Eng faol jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar
💻 Ishtirok etish bepul!
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: