Xalqaro innovatsion loyihalar tanlovi!

27.10.2025

🌍 UN Tourism Social Innovation Challenge 2025

Butunjahon turizm tashkiloti (BMT Turizm) “Plug and Play” va “Sommet Education Foundation” (Les Roches) bilan hamkorlikda turizm sohasida barqaror, inklyuziv va ekologik yechimlarga bag‘ishlangan xalqaro tanlovni e’lon qiladi!

💡 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • 🔹 Tadbirkorlar va startaplar
  • 🔹 Oliy ta’lim muassasalari
  • 🔹 Yoshlar guruhlari
  • 🔹 Ijtimoiy va ekologik yo‘nalishdagi NNTlar

🎯 Tanlov yo‘nalishlari:

  • ✅ Hamjamiyatga asoslangan turizm
  • ✅ Inklyuzivlik va imkoniyatlar tengligi
  • ✅ Yashil (eko) loyihalar

🏆 Final bosqichi ishtirokchilariga imkoniyatlar:

  • 🎓 Les Roches (Ispaniya) kampusida o‘qish uchun 6 ta stipendiya
  • 🌐 BMT Turizm Demo-kunida loyiha taqdimoti
  • 💼 90+ investorlar bilan aloqa
  • 🌍 160+ mamlakatdagi korporatsiyalar bilan hamkorlik
  • 👨‍🏫 Mentorlik dasturlari
  • 🚀 Silicon Valley sammitiga taklif

📅 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 8-dekabr

🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:

https://www.untourism.int/challenges-competitions/empowering-sustainable-inclusive-and-green-solutions-for-social-impact