YOSHLAR UCHUN ILMIY TANLOV E’LONI!

23.02.2026

Suv resurslari va ekologiya sohasida yangi g‘oyalar bormi? Unda bu tanlov siz uchun!

“O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi strategik tashabbuslar” mavzusida ilmiy ishlar tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlovda:

Akademik litsey o‘quvchilari;

OTM bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi yo'nalishlarda bo'ladi:

- Suv xo‘jaligi islohotlari

- Suv tejovchi texnologiyalar

- Ekologik toza va raqamli yechimlar

- Aylanma iqtisodiyot

- Orolbo‘yi rivojlanishi

- Transchegaraviy suv boshqaruvi

- “Yashil” shahar va ekologik madaniyat

 - Ayollar roli, organik brend, moliyalashtirish va boshqalar

Talablar:

- Ilmiy ishlar rus yoki ingliz tilida qabul qilinadi.

*Ilmiy ish namunasi (https://drive.google.com/file/d/1k5tAapSWrFsAgQJPjz-7dxjAAwaVsKP2/view?usp=sharing)

- namuna asosida Anketa to‘ldirish;

*Anketa namunasi (https://drive.google.com/file/d/1k5tAapSWrFsAgQJPjz-7dxjAAwaVsKP2/view?usp=sharing)

- Hajm: 3 sahifagacha

- Shrift: Times New Roman, 14

- Interval: 1,5

- Strategik yondashuv majburiy

- Manba va havolalar ko‘rsatilishi kerak

Ilmiy ishlar Anketa bilan 22-martgacha competition1@tiiame.uzelektron pochtasi orqali qabul qilinadi. 

Ishtirok etish uchun siz namunadagi anketani to'ldirishingiz va tadqiqot ishingizni namunaga muvofiq elektron pochta orqali yuborishingiz kerak. (https://drive.google.com/file/d/1k5tAapSWrFsAgQJPjz-7dxjAAwaVsKP2/view?usp=sharing)

NAMUNA (https://drive.google.com/file/d/1k5tAapSWrFsAgQJPjz-7dxjAAwaVsKP2/view?usp=sharing)

G‘oliblarga noutbuk va boshqa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Kelajakka hissa qo‘shishga tayyormisiz?

Hoziroq ishtirok eting!