⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

04.07.2026

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 11-iyulidan 14-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning guruhlar kesimidagi ro‘yxati orqali abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari oʻtkaziladigan sport inshootlari roʻyxati va kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali

➡️ Sport faoliyati: futbol - 2026-yil 11-iyul, 09:00 - O‘zbekiston Respublikasi DINAMO Jismoniy tarbiya va sport jamiyati (Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, “Dinamo” stadioni)

➡️ Sport faoliyati: dzyudo - 2026-yil 14-iyul, 11:00, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti dzyudo zali (Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy)
 
➡️ Sport faoliyati: voleybol - 2026-yil 14-iyul, 09:00, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti voleybol zali (Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy)


⚠️ Muhim eslatmalar:

Abituriyentlar imtihonga kelishda o‘zlari bilan abituriyent ruxsatnomasi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart. Shuningdek, yo‘nalish xususiyatidan kelib chiqib, zarur jihozlar va sport formasini birga olishlari talab etiladi. Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingizni so‘raymiz.