O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-son qarori talablariga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilida universitetda to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari, qo‘shimcha davlat granti hamda OTM grantiga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati e’lon qilindi
02.09.2026
Talabalarning universitetda tahsil olish davridagi akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hamda ijtimoiy faolligi belgilangan mezonlar asosida baholanib, to‘plangan umumiy ballarga ko‘ra grantga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi.
Quyidagi ro‘yxatlar taqdim etilmoqda:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2-kurs talabalari;
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3-kurs talabalari;
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kurs magistrantlari.
Ro‘yxatlarda talabalar ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, ta’lim tili, to‘plagan umumiy ballari hamda tavsiya etilgan grant turi bo‘yicha joylashtirilgan.
Grantga tavsiya etilgan barcha talabalarni muborakbod etamiz va kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
📎 Batafsil ma’lumotlar ilova qilinayotgan fayllarda keltirilgan.