Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura hamda doktoranturaga qabul boshlanmoqda

03.09.2026

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura hamda doktoranturaga 2027 yil qabul, joriy yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar talabgorlardan Yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz (https://daraja.ilmiy.uz/)) orqali tashkil etiladi.

-talabgorlar tomonidan kelib tushgan hujjatlarni hamda ularning talab etilgan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar haqqoniyligini 3 kun muddatda (qabulning yakuniy sanasidan o‘tmagan holda) ko‘rib chiqiladi;

-talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish va ularni o‘qishga qabul qilish jarayonlarini Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom talablariga qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi;

-stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat jarayonlarini video kuzatuv orqali (onlayn translyatsiya) qilinadi;

-ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga, talabgorlarni qabul qilish kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi;

-kirish imtihonlari va suhbat natijalariga ko‘ra stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha joriy yil

5-dekabrgacha bo‘lgan muddatda buyruq rasmiylashtirilib, 5 kundan o‘tmagan muddatda Yagona elektron tizimiga joylashtiriladi;

-2027-yil uchun tayanch doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili kabi fanlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi;

-ilmiy rahbarga stajyor-tadqiqotchi, doktorant yoki mustaqil izlanuvchining ixtisosligiga va tadqiqiy yo‘nalishiga mos fan tarmogʻida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tegishli ilmiy tajribaga ega boʻlish talabi qo'yiladi;

-2027 yil uchun ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklarni qabuli yangi normativ hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini ma’lum qilamiz. (2027 yil qabul kvotasi to‘g‘risida ma’lumotlarni tiiame.uz (https://tiiame.uz/) saytidan olishingiz mumkin.)

USTUVOR YO‘NALISHLAR

01.02.04-Deformasiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi.

05.01.01-Muhandislik geometriyasi vа kompyuter grafikasi. Аudio vа videotexnologiyalari.

05.01.11-Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt.

05.01.06- Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari.

05.01.08- Texnologik jarayonlar  va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish.

05.01.13-Axborotni qayta ishlashning kvant usullari.

05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari.

05.05.07-Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar.

05.09.06- Gidrotexnika va meliorasiya qurilishi.

05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi.

06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik.

06.01.10- Yer tuzish, kadastr vа еr monitoringi.

11.00.05- Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

DUNYO REYTINGIDA TOP 500 talikdagi Universitetimizda ilmiy izlanuvchi bo‘lishga SHOSHILING!!!