EKOLOGIYA YO‘NALISHIDA TAHSIL TALABALARI UCHUN “EKOSTIPENDIYA” TANLOVI E’LON QILINADI!

17.09.2026


🌿 Tanlovning maqsadi — ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik tashabbuskor, ilmiy-tadqiqot va jamoatchilik faoliyatida faol yoshlarni rag‘batlantirish.

👥 KIMLAR QATNASHA OLADI? “Ekostipendiya” tanlovida:

🔹 bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 3-kursini tamomlagan; 🔹 kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan; 🔹 yuqori akademik natijalarga ega; 🔹 ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan g‘oyalarga ega; 🔹 ilmiy-tadqiqot, ekologik targ‘ibot, volontyorlik va jamoatchilik faoliyatida ishtirok etayotgan talabalar qatnashishlari mumkin.

✅ ASOSIY TALABLAR:

☑️ So‘nggi 2 semestrdagi akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 90 balldan past bo‘lmasligi; ☑️ Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarni hal etish yoki tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ekologik loyiha taqdimotiga ega bo‘lishi; ☑️ Ilmiy, innovatsion, ekologik targ‘ibot, volontyorlik yoki jamoatchilik faoliyati bo‘yicha kamida bitta tasdiqlangan natijaga ega bo‘lishi; ☑️ Ilmiy maqola, tezis yoki tadqiqot ishlariga ega bo‘lishi.

📑 KERAKLI HUJJATLAR: 🟢 Tanlov anketasi;

Tanlov anketasini quyidagi link orqali yuklab oling. https://disk.yandex.uz/i/Q6VIymE1jj66sA

🟢 Pasport yoki ID-karta nusxasi; 🟢 Ta’lim tashkilotining tavsiyanomasi; 🟢 Ilmiy ishlar, maqolalar, tezislar, sertifikatlar, diplomlar va boshqa yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa); 🟢 ta'lim tashkilotining nomzodning o'qish joyi, ta'lim yo'nalishi(mutaxassisligi),kursi va akademik o'zlashtirish ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotnomasi(transcript nusxasi); 🟢 Ekologik loyiha taqdimoti; 🟢 Ekologik volontyorlik faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa). 🏆Yutuqlar: G'oliblar 10 oy davomida har oy BHM ning 2,5 barobari miqdorida stipendiya oladi. TANLOV NIZOMI 📅 Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati21-sentabr.

Hujjatlarni yig'ma jildga joylagan holda "Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi" asistenti Lolayev Abror Alimirzo o'g'liga taqdim etishingiz so'raladi. Murojaat uchun: +998701341799

🖥 Ariza topshiring! 🌱 Ekologiya uchun bilim, tashabbus va faol yoshlar! 🌍 Bugungi ekologik tashabbus — ertangi barqaror kelajak!