"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalari diqqatiga!

10.10.2026

“Muhandislar uchun sun’iy intellekt va dasturlashsiz raqamli xizmatlar laboratoriyasi” loyihasiga qabul boshlandi.

Loyiha davomida talabalar sun’iy intellekt (AI), dasturlashsiz platformalar (no-code platforms), raqamli xizmatlar yaratish, portfolio tayyorlash va masofaviy xizmat ko‘rsatish (freelancing) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

✅ Saralangan talabalar uchun barcha xarajatlar loyiha mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Kimlar qatnashishi mumkin?
✅ bakalavriat va magistratura talabalari;
✅ muhandislik, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, yer boshqaruvi, geografik axborot tizimlari va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi talabalar;
✅ sun’iy intellekt va raqamli xizmatlarga qiziqqan talabalar.


📍 Mashg‘ulotlar "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida o‘tkaziladi.
📅 Darslar boshlanishi: 15.10.2026
⏰ Ariza topshirish muddati: 13.10.2026

📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/KpUwUUkTxRjnFa7B7
📌 Loyiha bo‘yicha yangiliklar va saralash natijalari ushbu kanalda e’lon qilinadi: https://t.me/tiiame_no_code
📩 Murojaat uchun: @tiiame_ai_lab_bot