Xoliqov Mirkamol Bozor o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi to'g'risida...

17.10.2026

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning 2026-yil 19-oktyabr kuni soat 1400 dagi navbatdagi yig‘ilishi

KUN TARTIBI

 

Talabgor Xoliqov Mirkamol Bozor o‘g‘lining  05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan «Yadroli gruntli to‘g‘onlarda noturg‘un filtiratsiyani hisoblash usulini takomillashtirish va ushbu filtiratsiyani to‘g‘on yuqori qiyaligiga ta’sirini baholash» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi.


Ilmiy rahbar:

Fayziyev Xomitxon

texnika fanlari doktori, professor



Rasmiy opponentlar:

Yangiyev Asror Abdixamidovich

texnika fanlari doktori, professor

 

Xo‘jaqulov Rustam

texnika fanlari doktori, professor


Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar.