K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti Sizni “Agrosanoat va suv xo‘jaligi majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.

02.11.2026

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “G” bino, G-318-xona. Tel.: +99893 5828381

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti Sizni “Agrosanoat va suv xo‘jaligi majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.

Konferensiya 2026-yil 27-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun jamoat va siyosiy arboblar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrantlar va doktorantlar taklif etiladi.

Konferensiyaning ishchi tillari: rus va ingliz tillari. Konferensiya quyidagi sho’balarda o’tkasiladi:

1. Suvdan foydalanishning innovatsion texnologiyalari.

2. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalashtirishdagi zamonaviy taraqqiyot yo'nalishlari.

 

Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalar 2026-yil
20-noyabrgacha b.norov@tiiame.uz  elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Mualliflar uchun qoidalar:

Konferentsiya natijalari boʻyicha maqolalar toʻplami RINTS bazasida indeksatsiyalanadi.

Materiallarni rasmiylashtirishda quyidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz:

1.  Nashr uchun maqola rus yoki ingliz tillarida elektron shaklda taqdim etiladi.

2.   Maqola hajmi 4–5 sahifadan oshmasligi kerak. Matn Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamda, bir interval bilan teriladi; sahifaning barcha chetlaridan 20 mm hoshiya qoldiriladi. Matndagi barcha formulalar o‘ng tomondan raqamlanadi. Formulalardan so‘ng shartli belgilar to‘liq izohlanadi.

3.   Matndagi adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida arab raqamlari bilan belgilanadi.

4.   Jadvalga oid izohlar jadval ostida joylashtiriladi.

5.   Maqolada quyidagi qismlar albatta bo‘lishi kerak: maqola nomi, annottsiya”, “kalit soʻslar”, “kirish” (kirishda mavzuning dorzarbligi yoritiladi) ,”tadqiqot usullari”, “tadqiqot natijalari”, “xulosalar”, “foydalanilgan adabiyotlar roʻyzati”.

6.   Annotatsiya ikki tilda (ingliz va rus tillarida), har bir tilda 4-6 qatordan oshmagan hajmda keltiriladi;

7.   Rasmlar JPEG yoki GIF formatida bo‘lishi kerak; MS Word vositalarida tayyorlangan rasmlar yagona obyekt sifatida guruhlanishi lozim;

8.   Maqola mazmuniga mos kalit so‘zlar (10–15 ta so‘z yoki so‘z birikmasi). Har bir kalit so‘z yoki birikma vergul bilan ajratiladi va ikki tilda (ingliz va rus tillarida) beriladi;

9.   Har bir maqola mualliflari, hammualliflarni qo‘shib hisoblaganda, uch kishidan oshmasligi kerak;

10.   Bir muallif ko‘pi bilan ikkita maqolaga hammuallif bo‘lishi mumkin;

11.   Maqolaning originallik darajasi 60 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.

Konferensiyada ishtirok etish va maqolalarni chop etish bepul.

Rad etilgan maqolalar mualliflarga qaytarib yuborilmaydi.

Tahrir hay’ati qoidalarga rioya qilmagan holda rasmiylashtirilgan maqolalarni ko‘rib chiqmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. 

Tashkiliy qoʻmita:

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “G” bino, G-318-xona. Tel.: +99893 5828381

Norov Begmat Xolmatovich 

K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti: 127434 Moskva shari, Timiryazov ko‘chasi, 49-uy.

Balabanov Viktor Ivanovich

Теl:   +7 903 543 3000

          +7 499 976 2115

Email:  vbalabanov@rgau-mcha.ru 

Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti: 050010, Almati shahri. Abay shoh ko‘chasi, 8-uy.

Sarkinov Erbol

Теl: +7 701 227 4604

Email: yerbol.sarkynov@kaznaru.edu.kz