“GREEN DEAL FOR CENTRAL ASIAN UNIVERSITIES” (GDCAU) XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO'LIB O'TADI

11.03.2027

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Sizni Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Green Deal for Central Asian Universities” (GDCAU) xalqaro loyihasi asosida 2027-yil 10–11-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.

Bugun iqlim o‘zgarishi, suv va energiya resurslaridan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlik hamda barqaror iqtisodiy rivojlanish masalalari ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning birgalikdagi yondashuvini talab qilmoqda. Ushbu konferensiya yashil transformatsiya bo‘yicha tadqiqotlar, amaliy yechimlar va yangi hamkorlik tashabbuslarini muhokama qilish uchun xalqaro muloqot maydonini yaratadi.

Konferensiyada nimalar muhokama qilinadi?

Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv va yer resurslarini boshqarish, qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi, yashil texnologiyalar, ESG tamoyillari, ekologik innovatsiyalar, shuningdek, oliy ta’limda “green skills” kompetensiyalarini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Konferensiyaga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar va ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar, yosh tadqiqotchilar, davlat tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari vakillari, shuningdek, ekologiya, innovatsiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar taklif etiladi.

Tadbirda Yevropa va Markaziy Osiyodagi hamkor muassasalar vakillari bilan bevosita ilmiy muloqot qilish, o‘z tadqiqot yo‘nalishlarini tanishtirish, tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar uchun professional aloqalar o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.

Tadbir haqida qisqacha

Sana: 2027-yil 10–11-mart

Manzil: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy

Ish tili: Ingliz tili

Rejalashtirilgan ishtirokchilar: Jami 250 nafar: 30 nafar xorijiy va 220 nafar mahalliy ishtirokchi

Tashkilotchilar: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va GDCAU loyihasi hamkorlari

Dastur: Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE)

Loyiha raqami: 101179245

Aloqa va ishtirok yuzasidan ma’lumot

Konferensiyada qatnashish masalalari bo‘yicha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Mas’ul shaxs: Sherzod Rakhmonov — Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Telefon: +998 (71) 237-09-87

Elektron pochta: international@tiiame.uz

Rasmiy sayt: https://tiiame.uz

Yashil kelajak uchun ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni birlashtiramiz!