Texnikum bitiruvchilarini oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtixonlar bo‘lib o‘tmoqda
14.08.2024

O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori
asosida texnikumlarni yaxshi ko‘rsatgichlar bilan tamomlagan bitiruvchilarni
oliy ta’limga qabul qilish borasida mezonlar ishlab chiqilgan. Ushbu qarorda
belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya
va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy
tadqiqot universitetida 14-avgust kuni “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar
bo‘yicha”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, “Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash”, “Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)”,
“Yurisprudensiya: yer munosabatlari”, “Yurisprudensiya: transchegaraviy sub
munosabatlari” bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat shaklidagi imtixonlar
tashkil etildi.
Imtixonlar
shaffof va adolatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida bevosita
translyatsiya qilindi. Imtixon natijalari belgilanganidek talabgorlarning
shaxsiy kabinetlari orqali ma’lum qilinadi.









