Texnikum bitiruvchilarini oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtixonlar bo‘lib o‘tmoqda

14.08.2024

#Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori asosida texnikumlarni yaxshi ko‘rsatgichlar bilan tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’limga qabul qilish borasida mezonlar ishlab chiqilgan. Ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 14-avgust kuni “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)”, “Yurisprudensiya: yer munosabatlari”, “Yurisprudensiya: transchegaraviy sub munosabatlari” bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat shaklidagi imtixonlar tashkil etildi.

Imtixonlar shaffof va adolatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida bevosita translyatsiya qilindi. Imtixon natijalari belgilanganidek talabgorlarning shaxsiy kabinetlari orqali ma’lum qilinadi.