Mahorat darslari
24.08.2024
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni boshlab yuborilgan. Auditoriyalarni moddiy texnik-bazasini yaxshilash talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida kafedralar va fakultet rahbariyati hamjihatlikda ishlamoqda.
Yangi 2024-2025-o‘quv yilida kafedralarda mavjud ish o‘rinlari bo‘yicha e’lonlar berilgan. Yangi ishga kirishga nomzodlar hujjatlari o‘rganilib, kafedralarda universitet ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda mahorat darslari tashkil etildi. Darslar ochiq va ko‘tarinki kayfiyatda kafedralarning salohiyatli professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari ishtirokida o‘tkazildi. Nomzodlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Universitet matbuot xizmati