Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlik
12.09.2024

Xabaringiz bor, Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va yoshlarni kasblarga o'qitish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir qancha loyihalar tashkil etilib kelinmoqda. Kelajak kasblari loyihasi, Ibrat farzandlari, Ustoz AI, Mutolaa, Uzchess va boshqa loyihalar bugungi kunda barcha yoshlarni qiziqtirmoqda.
Ushbu loyihalardan birinchi bosqich talabalarni xabardor qilish hamda ularga ma'lumot berish maqsadida Iqtisodiyot fakultetida o'tkazilayotgan "Orientation week" loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi mutaxassisi Boymurod Yunusov ishtirokida taqdimot o'tkazildi. Taqdimotda loyihalar sarhisobi haqida, a'zo bo'lish hamda kurslarda ishtirok etish haqida batafsil ma'lumot berildi. Ushbu bepul kurslar haqida talabalar batafsil ma'lumotga ega bo'lib o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Iqtisodiyot fakulteti yoshlar koordinatori Avazbek Rajabov ma'lumoti