Prezident topshirig‘ining ijrosi

15.09.2024

#Rektordan #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-iyun kuni “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish”masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektori Bahodir Mirzayev «Toshkent traktor zavodi» MCHJ korxonasida bo‘ldilar.

Unda korxona Bosh direktori Aziz Muxitdinov va korxonaning yetakchi injenerlari bilan bugungi kunda mamlakatimiz barcha oliy ta’lim muassasalarida mavjud muammo ularning bitiruvchilarini potensial ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishlab chiqish, zamonaviy injenerlik sohasida amaliy ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash, innovatsion ilmiy ishlarni sohaga joriy etish va ta’labalar amaliyotlari masalalariga bag‘ishlangan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv natijasida kelgusida universitet va korxona o‘rtasida amalga oshiriladigan hamkorlik masalalari yuzasidan memorandum imzolandi

Kelishuvga ko‘ra ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularga tezkor innovatsion yechim va tavsiyalarni ishlab chiqish buyicha "Yosh konstruktorlar va texnologlar klubi" ochiladi