Kitob- bilimlar xazinasi
17.09.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 1 - bosqich talabalari joriy yilning 17 - sentyabr sanasida 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbus doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida, “Axborot-resurs” markaziga tashrif buyurishdi.
Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir. Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi.
Talabalar bu erda o‘zlarini qiziqtirgan badiiy adabiyotlarni qo‘lga olib, kitobning nomi, uning muallifi haqida har birlari qisqacha o‘qib so‘zlab berdilar. Bu tashrif talabalarda kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi va darsdan bo‘sh vaqtlari qiziqarli tarzda o‘tkazildi.
“Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati





