Shoir she’riyati hamisha dilimizda
18.09.2024

Joriy yilning 18 - sentyabr sanasida "TIQXMMI" MTU ning bir qancha iqtidorli va she’riyatga ixlosmand talabalari hamda professor o'qituvchilari “Adiblar xiyoboni” ga tashrif buyurishdi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining muhtasham zalida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir, hamda uning “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bir qancha taniqli shoir va yozuvchilar, hamda A. Oripovning oila a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirni uyushma raisi, senator, O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Said boshqarib bordi. O'zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G'afurov, professorlar Abdurahim Erkayev, Nurboy Jabborovlar so'zga chiqishdi. Universitet nomidan matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov so‘zga chiqib, shoirning chiroyli she’rlarini o‘qib berdi va o‘zining ijobiy fikrlarini bildirdi. Shoirning rafiqasi Hanifa opaning adib haqidagi xotiralari katta mohiyat kasb etdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati





