QS World University Rankings: Sustainability 2025 reytingi natijalari e’lon qilindi

11.12.2024

#Reyting #Yangilik


  QS Xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025 yil uchun dunyo universitetlari barqaror rivojlanish xalqaro reytingida (QS World University Rankings: Sustainability 2024) “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida ketma-ket 2-yil Top-1000 talik universitetlar qatorida e’tirof etildi.

  Ushbu reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida 828-o‘rinda, Osiyoda 238-o‘rinda, Markaziy Osiyoda 3-o‘rinda va O‘zbekiston universitetlari orasida 1-o‘rinda qayd etildi.

  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti O‘zbekiston universitetlari orasida reytingga qatnashayotgan oliy ta’lim muassasalari orasida beshta metodologiya ko‘rsatkichida eng yuqori natijalarga erishdi: «Bilim almashish», «Bitiruvchilarni ishga joylashtirish», «Sog‘liq va farovonlik», «Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ta’lim» va «Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqotlar»:

  Ushbu reytingning alohida ko‘rsatkichlari bo‘yicha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti quyidagi natijalarni qayd etdi –Atrof-muhitga ta’siri (Environmental Impact) bo‘yicha - 595 o‘rin (jumladan, ekologik barqarorlik bo‘yicha - 420 o‘rin, ekologik ta’lim bo‘yicha-552 o‘rin); Ta’lim boshqaruvi (Governance) bo‘yicha - 431 o‘rin va Bilim almashish bo‘yicha - 935 o‘rin hamda umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha - 828 o‘rinni egalladi.

  Ma’lumot uchun: joriy yilda QS xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS Sustainability Rankings – 2025” reytingida 107 ta davlatdan 1744 ta (shu jumladan, Osiyo mintaqasidan 661 ta) oliy ta’lim muassasalari faoliyati 3 ta kategoriya: “Social Impact” (45%), “Environmental Impact” (45%), “Governance” (10%) bo‘yicha baholandi.