"Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari “Senator va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etishdi.
24.01.2025
"Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari “Senator va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etishdi.
Universitet "Ekologiya va huquq" fakulteti "Yurisprudensiya" ta’lim yo‘nalishi talabalari Oliy Majlis Senatida bo‘ldilar.
Shu kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “Senator va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarga Senat faoliyati, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti, qonunchilikdagi yangiliklar, yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning samaralari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlar bilan suhbat davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Faol yoshlar tomonidan loyiha bo‘yicha bir qator muhim tashabbus va takliflar bildirildi.
Uchrashuvdan so‘ng talabalar Senat faoliyati va binosi bilan tanishdi.