1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan an’anaviy sport bayrami
29.09.2025
#Sport
#Yangilik

Joriy yilning 27-sentyabr kuni universitetimizda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rektor kubogi – 2025” do‘stlik spartakiadasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur spartakiadaning asosiy maqsadi — ustoz va murabbiylarimizni kasbiy faoliyati bilan bir qatorda sportga ham qiziqishini oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
Turli sport turlari qatorida professor-o‘qituvchilarimiz o‘rtasida shaxmat bo‘yicha bellashuvlar alohida ruh va qizg‘in kurashda o‘tdi.
Fakultet ishtirokchilari bir kun davomida mahorat va jamoaviy harakatini namoyon etgan holda chempionlik uchun kurash olib borishdi





