O‘tgan kunlar yodi
29.09.2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot”fakulteti tyutorlari G.Shodiyeva, D.Egamovalar boshchiligida fakultet talabalari O‘zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar o‘zbek xalqining eng sevimli asari bo‘lgan Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" asari asosida tayyorlangan spektakldan bahramand bo‘ldilar.
Xalqimizning sevimli aktyor va aktrisalarining mahoratli ijrosi asarning yoshlar qalbiga yanada yaxshiroq singishiga zamin yaratdi. Yoshlar, xalqimizning bu kabi sevimli asarlari ming yillar o‘tsa-da qayta-qayta ko‘rishdan bezdirmaydigan sara asarlari bo‘lib qolishiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi. O‘zbek yigitining g‘ururi, o‘zbek qizining andisha va odobini yaxlit o‘zida jamlagan asar, yig‘ilgan barcha yoshlarni o‘zligi anglash sari qo‘yilgan yana bir qadam bo‘ldi deyish mumkin.
Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari Gulbahor Shodiyeva va Dilbar Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati





