Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif
29.09.2025

Joriy yilning 27-sentyabr kuni “TIQXMMI” MTU “Energetika” fakulteti tyutori B. Abdullayev boshchiligida 1-bosqich 103-guruh faol talabalari birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va eng nodir kitoblar bilan ham tanishib chiqishdi. Bundan tashqari talabalar Milliy kutubxonaning ilmiy bibliografik bazasidan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif yakunida ishtirok etgan talabalardan bir nechtasi Milliy kutubxona a’zoligiga qabul qilindilar va keyingi faoliyatida ushbu ilm maskanidagi yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni maqsad qilib oldilar.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati



