Ustozga ta’zim
30.09.2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev boshchiligida joriy yilning 29-sentyabr kuni 1-bosqich faol talabalar bilan birgalikda “O‘zbekiston Milliy kino san’at saroyiga” borildi. 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Ustozga ta’zim” shiori ostida Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmi “Maktab hayotim” namoyish etildi. Filmda ijtimoiy muammolar yoritilib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar hayoti tasvirlanadi. Shuningdek, unda turli xarakterdagi o‘qituvchilarning ish jarayonidagi qarama-qarshiliklar va kutilmagan vaziyatlar o‘z aksini topgan.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati



