Barkamol qizlar psixologiyasi

30.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 29-sentyabr kuni psixologik to‘garak navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi. "Barkamol qizlar" to‘garak mashg‘uloti talabalarning psixologik bilimlarini mustahkamlash, o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda emotsional holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar faol qatnashdi, berilgan topshiriqlarni ijodkorlik bilan bajardilar va o‘z fikrlarini erkin ifoda etdilar. 

  Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida treninglar, guruhda munosabat va o‘zaro hurmat orqali talaba qizlarning o‘z-o‘zini anglash darajasi oshdi, mashg‘ulot orqali ko‘zlangan maqsadga erishildi va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixologi Dilafruz Yusupova axboroti

Universitet matbuot xizmati