Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Mavlonberdiyev hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti fakultet dekani Aziz Inamov va mazkur universitetning Sirdaryolik talabalari bilan ochiq va samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
13.01.2026
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
Tadbir davomida talabalarning o‘qish jarayoni, ijtimoiy faolligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kelgusidagi rejalari hamda dolzarb muammolari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Uchrashuv doirasida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, shuningdek, mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar kelgusida ham shunday muloqotlarni tizimli ravishda tashkil etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish borasida o‘zaro fikr almashdilar.