“Vatanparvar liderlar” loyihasi doirasida muhim tashrif!

13.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

🗓 Joriy yilning 10-yanvar kuni Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilari “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida tashkil etilgan “Vatanparvar liderlar” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.

🎓 Ushbu tadbirda universitetimiz Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Elbek Tursunkulov ham faol ishtirok etdi. Tashrif davomida ishtirokchilar harbiy ta’lim jarayoni, o‘quv mashg‘ulotlari hamda universitet muzeyi bilan tanishib, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

⚡️ Loyiha yoshlar ongida vatanparvarlik, mas’uliyat va yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.