Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

13.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025 yil 13-yanvar kuni Yer resurslari va kadastr fakultetida «Vatanga sadoqat, jasorat va harbiy xizmatning ulug‘vor ahamiyati» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda  Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi raisi o‘rinbosari polkovnik- V.Radjabov , faxriylar kengashi faollari podpolkovnik M.Abdullaev, M.Mirjaparovlar hamda fakultet dekani o‘rinbosarlari S.Abduraxmonov, S.Xikmatullaev, xotin –qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari Z.Xafizova, F.Yusupova , Ch.Oxunboboeva va fakultetlarining barcha talabalari hamda professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

  Tadbirni fakultet dekan o‘rinbosari S.Abduraxmonov ochib berdi. Shundan so‘ng Polkovnik V. Radjabov, M.Abdullaev, M.Mirjaparovlar so‘zga chiqdilar va ular harbiy xizmat davomida orttirgan tajribasi, Vatanni himoya qilishning sharafli burchi hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida gapirib o‘tdilar. SHuningdek, tadbir davomida boshqa ishtirokchilar tomonidan ham mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi.

  Ushbu tadbir talabalarda Vatanga muhabbat, jasorat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

YRB, GTQ va Energetika fakultetlari xotin –qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari