14- yanvar “Vatan himoyachilari” kuni

14.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 14 –yanvar kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari uchun ga “Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 

  Tadbirga, Davlat Xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari faxriylari: zaxiradagi podpolkovnik A.Ch.Bo‘riyev va zaxiradagi mayor G‘.Q. Dehqonovlar tashrif buyurishdi. 

  Tadbir fakultet dekani J. Ishchanov tomonidan bayramona ochib berildi va mehmonlar o‘z ma’ruzalarida 14 - yanvar - mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xalqimizning osoyishta hayoti uchun jonini tikkan insonlarni e’tirof etish imkoniyati ekanligi va bu bayram - nafaqat harbiylar uchun, balki yurt tinchligini saqlashga hissa qo‘shayotgan har bir vatandosh uchun ham qadrli bayram ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

  Bunday tadbirlar talabalar qalbida yurt himoyachilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, milliy g‘urur va vatanparvarlik hissini yanada kuchaytiradi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutori G. Axmedjanovalar axboroti Universitet matbuot xizmati