"Energetika" fakultetida “Karyera kuni”
10.02.2026
“Karyera kuni” tadbirining asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning kasbiy rivojlanishi hamda mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. Mazkur tadbir talabalar uchun kelajakdagi kasbiy faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-fevral sanasida Oliy ta’lim
tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida "Energetika" fakulteti hamda
“Talabalar amaliyoti” bo‘limi hamkorligida “Karyera kuni” tadbiri tashkil
etildi. Tadbir vazirlik va idoralar hamda turli tashkilotlarning kadrlar
tayyorlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida bildirgan buyurtmalariga muvofiq
amalga oshirildi.
“Energetika” fakulteti hamda
“Talabalar amaliyoti” bo‘limi hamkorligida Qishloq va suv xo‘jaligi energiya
ta’minoti, Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
boshqarish, Elektr energetikasi, Muqobil energiya manbalari, Texnika va
texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi hamda Mexatronika va
robototexnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari
orasidan munosib nomzodlarni saralab olish, shuningdek, ish beruvchi,
universitet va talaba o‘rtasida bitiruvdan so‘ng ishlab berish sharti asosida
talabaning ta’lim kontrakt to‘lovlarini ish beruvchi tomonidan qoplashni
nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar tuzish masalalari bo‘yicha
talabalarga batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida universitet
talabalari uchun “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi “Kadrlarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasi direktori Karimov
Bobur Salohiddinnovich, “Inno Texnopark”ning “Ishlab chiqarish va ilg‘or
laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i Madrimov
Sardor Bahodir o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Milliy elektr tarmoqlari AJ
ning “Innovatsion loyihalarni rivojlantirish” bo‘limi bosh mutaxassisi Xakimov
Jahongir Erkinjon o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisod va moliya vazirligi
huzuridagi “Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish direksiyasi” bosh
mutaxassisi Mamadaliyev Salohiddin Shuxrat o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi “Energetika muammolari instituti” katta ilmiy xodimi Tolipov
Jamshid Nurbekovich hamda “Elektr qishloq qurilish” aksiyadorlik jamiyati bosh
mutaxassisi Ismatullayev To‘lqin Erkinovichlar ishtirok etdilar.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek Bank xizmatlari markazi
“Kelajakka qadam” Markazi loyiha menejeri Abdulaziz Gulboyev esa Kelajakka
qadam markazi tomonidan PQ-61-son qarori doirasida seminar-trening o‘tkazdi,
unda ishga joylashtirish, biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish va
moliyalashtirish imkoniyatlari haqida amaliy ma’lumotlar berishdi.
Bundan tashqari “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi
xodimi Berdiyeva Zarina Jumanazar qizi tomonidan maktab ta’limi tizimini
rivojlantirishga ko‘maklashish, xususan, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi hududlarda
joylashgan umumta’lim maktablariga iqtidorli, bilimli va yetakchilik
salohiyatiga ega yosh yetakchilar va mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida jalb
etishda 4-bosqich bakalavr bitiruvchi talabalari uchun tashkilot faoliyati,
dastur imkoniyatlari hamda mavjud vakant ish o‘rinlari tavsiya etishdi.
Yig‘ilish davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar oldilar. Tadbirda ishtirok etgan tashkilot vakillari talaba va bitiruvchi bosqich talabalarining amaliyot o‘tash jarayonida kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng ularni tegishli tashkilotlarga ishga joylashtirish borasida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Universitet matbuot
xizmati