Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi

10.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri, so‘z san’atining benazir namoyandalaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy merosimizga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ulug‘ mutafakkirning hayoti va ijodi, uning jahon adabiyoti va ma’naviyati taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi, Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan sahnaviy chiqishlar hamda badiiy kompozitsiyalar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiyning boy adabiy merosi xalqimiz ma’naviy hayotida beqiyos ahamiyatga ega ekanini yana bir bor chuqur anglab yetdilar.