Xalqaro hamkorlik
11.02.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti hamda Keimyung College Universiteti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga muvofiq “Xalqaro hamkorlik bo‘yicha yetakchi universitet loyihasi” (LUPIC-Leading University Project for International Cooperation) dasturi ‘‘O‘zbekistondagi “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti huzuridagi Mexatronika texnikumi ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirish loyihasi” doirasida universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasiga Janubiy Koreyaning Keimyung College Universiteti professorlari tashrif buyurdi. Tashrifning ilk kunlarida professorlari tomonidan Global Korea Scholarship (GKS) bo‘yicha magistraturaga qabul qilish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatga 60711500- Mexatronika va robototexnika, 60722900-Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlar bo'yicha) bakalavr ta’lim yo’nalishlari hamda 70810105 - Intellektual o‘lchash tizimlari va asboblari magistratura talabalari ishtirok etishdi. Ma’lumot uchun tavsiya qilingan ikki nafar talaba Janubiy Koreyaning Keimyung College Universitetida 100 % lik grant asosida magistraturani davom ettiradi.