Professor – o‘qituvchilar talabalar turar joyida

11.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yil 10-fevral kuni “Qurilish muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchilari A.Azimov va M.Radjabovlar fakultetga qarashli 1-sonli “Talabalar turar joyi”da bo‘lib 4 va 5-qavatlarda yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi va ular bilan talabalar turar joyidagi yaratilgan sharoitlari, ta’lim jarayoni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Shuningdek, ularga ichki tartib qoidalar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi, talabalarning fikr va takliflarini so‘radi hamda kerakli ko‘rsatmalar berdi. Suhbat jarayonida ularning ta’lim va tarbiya olishlari uchun universitetda yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida hamda hozirgi kunda “Bahor”gi davra o‘qishlari boshlanganligi, darslarni qoldirmasdan o‘z vaqtida darslarga borishlari hamda fanlar kesimida professor – o‘qituvchilar tomonidan berilgan vazifalarni vaqtida bajarishlari va a’lo baholarga o‘qishlariga tavsiyalar berishdi. 

 “Qurilish muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchisi A.I.Azimov axboroti 

Universitet matbuot xizmati