Ilm va ayol: “barqaror jamiyat sari” ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan tadbir
11.02.2026
Joriy yilning 10-fevral kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga M.Ulug‘bek tumani xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari N.Dushanova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi U.Sangirova, professor-o‘qituvchilardan M.Shaumarova, R.Gazieva, Z.Xafizova, Sh.Xudoyiberdieva, Z.Mirxosilova, D.Murodova va talaba qizlar qatnashdilar.
Tadbirni rektor maslahatchisi U.Sangirova ochib berdi. O‘z kirish so‘zida u “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirning ahamiyatiga to‘xtalib, ilm-fan sohasida ayollar va qizlarning faol ishtiroki jamiyat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, u Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbir ayollarning ilmiy salohiyatini oshirish, yosh qizlarni ilm-ma’rifatga keng jalb etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilishini va tadbir ishtirokchilariga omad tilab, tadbir ishi mazmunli muhokamalar, samarali takliflar va ilmiy fikr almashinuvlar bilan o‘tishiga ishonch bildirdi.
Tadbir davomida N.Dushanova - so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish hamda ilm-fan sohasida ayollar ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
N.Dushanova o‘z nutqida ayollar va qizlarning bilim olishi, kasbiy rivojlanishi va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari hamda yosh qizlarni ilm-fanga jalb etishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, barqaror jamiyatni shakllantirishda ayollarning faol ishtiroki muhim o‘rin tutishi, xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish mumkinligi qayd etildi. Nutq yakunida ishtirokchilarni ilm-fan sohasida yanada faol bo‘lishga, o‘z bilim va tajribalarini doimiy ravishda oshirib borishga chorladi.
Tadbir davomida professor M. Shaumarova, professor R. Gazieva hamda dotsent Z.Mirxasilova o‘z so‘zlarida ilm-fan sohasida ayollarning o‘rni va nufuzi yil sayin oshib borayotganini ta’kidladilar. Ular zamonaviy jamiyatda ayol olimalarning ilmiy tadqiqotlardagi faol ishtiroki, ta’lim sifati va innovatsion rivojlanishga qo‘shayotgan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, o‘z chiqishlarida ayollarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ustoz–shogird an’analarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratdilar. Ayollarni ilm-fanga jalb etish barqaror jamiyatni shakllantirishning muhim omili ekani ta’kidlanib, yosh avlodni bilim olish va ilmiy izlanishlarga keng jalb etish zarurligi qayd etildi.
Tabala qizlar S.Toshpo‘latova, Z.Pardaeva, L.Maxmudova, G.To‘xtabaeva va Turopovalar so‘zga chiqib, o‘z nutqilarida ilm-fan sohasida yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy faollikka bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishda davlat stipendiyalarining ahamiyati haqida fikr bildirdi.