“Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari”
11.02.2026
11-fevral kuni Bilim va mlakalarni baholash agengtligida Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi G.Babaganova tomonidan “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusidagi Davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatiga Bilim
va mlakalarni baholash agengtligida faoliyat olib borayotgan ayol mutaxassislar
jalb qilindi.

Ushbu tadbirga universitetimiz
tomonidan “Professional ta’lim”kafedra professori, pedagogika fanlari doktori Ismailova
Zuxra Karabaevna “Ayol ilmli
bo‘lsa – millat ilmli bo‘ladi” mavzusi va pedagogika fanlari doktori Mustafaeva
Durdona Asilovna “Olima ayol – jamiyat ko‘rki” mavzudagi ma’ruzalari
bilan qatnashdilar.
Davra suhbati tanlangan
mavzu doirasida tashkil etildi va ael mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga to‘la javob berildi
va ular tomonidan fikr va mulohaza, takliflar inobatga olindi.

Tadbir so‘ngida professor
Z.Ismailova tomonidan respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi ”Oila
va gender” ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari bilan loyihalar doirasida hammualliflikda chop etilgan kitoblaridan ularga taqdim etildi.
