“Zakovat” bahsi: “Bobur hayoti va faoliyati bilimdonlar nigohida”
12.02.2026
Joriy yilning 12 fevral kuni Yer resurslari va kadastr fakultetida “Tuproqshunoslik va Dehqonchilik” kafedrasining ayol professor-o’qituvchilarining tashabbusi bilan -Davlat arbobi va buyuk sarkarda Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan xorijiy talaba qizlar ishtirokida “Zakovat” bahsi: “Bobur hayoti va faoliyati bilimdonlar nigohida”- “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. Ushbu tadbirga dekan o’rinbosari S.Xikmatullaev , dots.O.Ro’ziqulova, D.Murodova, M.Turg’unova , N.Botirova va talaba qizlar qatnashdilar.

Tadbirda ishtirokchilar Boburning hayoti va ijodi, “Boburnoma” asari, uning davlat arbobi va buyuk sarkarda sifatidagi faoliyatiga oid qiziqarli savollarga javob berdilar. Intellektual bellashuv jonli va qizg’in ruhda o’tib, talaba qizlar o’z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar.
1-o’rin-Moxloroyim-60 ball
2-o’rin-Moximbegim-55 ball
3-o’rin-Pokiza Sulton-40 ball
4-o’rin-Gulbadan begim-20 ball to’pladilar
Tadbir davomida Bobur merosining ahamiyati, uning jahon madaniyati va adabiyotiga qo’shgan hissasi alohida ta’kidlandi. G’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Mazkur intellektual o’yin ishtirokchilarda tarixiy merosimizga bo’lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
YRK fakultetlarii xotin- qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi: Z.Xafizova axboroti