Davlat kadastrlari palatasida talabalar uchun ochiq darslar tashkil etildi

12.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

"Yer resurslari va kadastri"  fakultetining “Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar” yo‘nalishi bitiruvchi 4-kurs talabalari uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida “Davlat kadastrlari asoslari” fanidan ma’ruza va amaliy darslar tashkil etildi.

“Davlat kadastrlari asoslari” fanidan “Davlat kadastrlari axborotlarini shakllantirish”, “Davlat kadastrlari yagona tizimiga ma’lumotlarni kiritish”, “Yer kadastri va yer hisobini yuritish” mavzularida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari Davlat kadastrlari palatasining yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar O‘zbekistonda davlat kadastrlarini yuritish tizimi, normativ-huquqiy asoslari, kadastr axborotlarini shakllantirish va UzKAD platformasiga kiritish, shuningdek yer kadastri va yer hisobini yuritish tartibi, yer hisobotini ishlab chiqish hamda kadastr tizimini raqamlashtirish bilan tanishdilar va bilimga ega bo‘ldilar.

Tashrif mobaynida bitiruvchi kurs talabalari universitetda olgan nazariy bilimlarining amaliyotdagi tadbig‘ini o‘rgandilar hamda tashkilotning xodimlar bo‘limi mutaxassislaridan ushbu tashkilotda amaliyot va stajirovkalarni o‘tash, kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha ishlash imkoniyatlari haqida qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

"Davlat kadastrlari" kafedrasi axboroti

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti axborot xizmati