“4+2” dasturining 2-bosqichi boshlandi
12.03.2026
Energetika fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “4+2” dasturi asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish amaliyotining 2-bosqichi boshlandi. Ushbu bosqich doirasida talabalar amaliy mashg‘ulotlarni “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida olib bormoqda.
“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki O‘zbekiston Respublikasidagi yirik va zamonaviy texnologik majmualardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda texnoparkning ishlab chiqarish hududida 26 ta zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari faoliyat yuritmoqda. Talabalar aynan shu zamonaviy ishlab chiqarish muhitida amaliyot o‘tash orqali nazariy bilimlarini mustahkamlab, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishmoqda. Amaliyot davomida ular texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, zamonaviy uskunalar bilan ishlash hamda real ishlab chiqarish muhitida muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.