3D loyihalash – mashinasozlik ravnaqi garovi

12.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish shora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorlari va yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Gidromelioratsiya" fakultetining “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ta’lim yo‘nalishi bir guruh iqtidorli talabalari uchun "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" kafedrasi tashabbusi va universitet rektorining 2025-yil 22 dekabrdagi 1513/t sonli buyrug‘iga asosan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Umumtexnik fanlar kafedrasi negizida “3D loyihalash (Solidworks dasturida) kursi” tashkil etildi.

2026 yil 11 mart kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani J.Ishchanov, "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" kafedrasi professor-o‘qituvchilari,  “3D loyihalash (Solidworks dasturida) kursi” rahbari I.Avazov va “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalari ishtirokida kursni muvafaqqiyatli tugatgan talabalarga universitet rektori tomonidan tasdiqlangan sertifikatlar topshirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani J.Ishchanov  3D loyihalash amaliy dasturlarining o‘zlashtirilganligining bitiruvchilar kelajagidagi o‘rni va mashinasozlik rivojida unga bo‘lgan talabning keskin oshayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berib, talabalarga sertifikatlarni topshirdi.

Tadbir davomida har bir kurs bitiruvchisi o‘zi tomonidan loyihalangan mashina, qurilish mashinalarining ishchi jihozi va agregatlarining 3D loyihalari bilan tanishtirib o‘tdi. Bu loyihalar talabalarning bitiruv malakaviy ishi mavzusi doirasida bajarilganligi o‘quv jarayonida loyihalashning amaliy dasturlarini o qo‘llanilishiga yangi bir davrni boshlab berdi.

Kafedra professori R.Ergashev iqtidorli talabalarni muvaffaqqiyatlari bilan qutlab, kelajakda loyihalarini yanada takomillashtirib, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qishini davom ettirishni taklif qildi.

Tadbir barcha ishtirokchilarda, ayniqsa iqtidorli talabalarda iliq tasurotlar qoldirdi.

 

GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti