“Yoshlar kuni” munosabati yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

12.03.2026

#Rektordan

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan universitet rektori B.Mirzayev  “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.


Uchrashuv davomida rektor talabalarning bilim olish jarayoni, ilmiy izlanishlari va kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib, yoshlarning tashabbuslari va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash universitet faoliyatida ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, talabalarga kelgusida amalga oshiriladigan ilmiy-amaliy loyihalar, innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi rejalar haqida ma’lumotlar berildi.


Muloqot jarayonida fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hamda amaliyotdagi muvaffaqiyatli tajribalar haqida fikr almashildi.


Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ilhomlantirish hamda bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda samarali qo‘llashga xizmat qiladi.


Eslatib o‘tamiz, universitetda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.