Nazariy bilimlarning amaliyotdagi o‘rni
13.03.2026
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda nazariy va amaliy bilimlari yuqori darajadagi injener, texnik ekspert kadrlarning ahamyati katta.
Joriy vaqtda “Elektrotexnika va mexatronika” kafedraning 60722900 -“Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari respublikamizning eng yirik korxonalarida o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, amaliy ko‘nikma va malakasini oshirmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK, “O‘zbekespertiza” AJ, “DURABLE STONE CORP” MChJ, “Prof Pack” MChJ va boshqa ko‘plab korxonalarda.


Talabalar malakali kadr bo‘lib shakillanishiga nazariy bilimlarini amaliyotda bir vaqtda qo‘llashi yuqori samara bermoqda.
Universitet matbuot xizmati