“Tafakkur xazinasi” – bilim va tafakkur bellashuvi
13.03.2026
2026-yil 12-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Tafakkur xazinasi” nomli intellektual viktorina o‘tkazildi. Mazkur tadbir universitetning Energetika fakulteti tashabbuskor talabalari — “EDISON CREW” jamoasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda universitet
fakultetlarining eng faol, bilimdon va ijodkor talabalari ishtirok etib, o‘z
bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda tezkor tafakkurini sinovdan o‘tkazdilar.
Intellektual bellashuvni Energetika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
dekan muovini Buxorov Ismoil Ne’matovich ochib berib, barcha jamoalarga
muvaffaqiyat va omad tiladi.

Qizg‘in va
murosasiz ruhda o‘tgan viktorina davomida ishtirokchilar adabiyot, tarix,
mantiqiy savollar hamda turli bilim yo‘nalishlariga oid topshiriqlarga javob
berib, o‘z salohiyatlarini namoyish etdilar. Bellashuv talabalarda jamoaviy
ishlash ko‘nikmasi, tezkor fikrlash hamda intellektual salohiyatni yanada
rivojlantirishga xizmat qildi.
Yakuniy
natijalarga ko‘ra eng faol jamoalar aniqlanib, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari
diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur kabi
intellektual tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni
kitobxonlikka, mustaqil fikrlashga va keng dunyoqarashga ega bo‘lishga undashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati