Ta’lim va Kasb
13.03.2026
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
Universitetga abiturientlarni
keng jalb qilish maqsadida joriy yilning 12 – mart sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumani maktabgacha
va maktab ta’limi bo‘limi bilan birgalikda 327–umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ta’lim va
Kasb” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbirda
bitiruvchi o‘quvchilari uchun universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari va faoliyati
bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbirda Respublika
tashxiz markazi direktori L.R.Gaynutdinova va Yunusobod tumani maktabgacha va maktab
ta’limi bo‘limi mudiri S.M.Kirgizbaev, umumta’lim maktab direktorlari, maktab psixologlari
va 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etdi.