Oʻzbekiston–Tojikiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari uchinchi forumi boʻlib oʻtmoqda,,,

14.03.2026

#Xalqaro hamkorlik

2026-yil 12–15-mart kunlari Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi boʻlib oʻtmoqda.


“Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fan: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida oʻtadigan forumda ikki mamlakatning vazirlik vakillari, oliy taʼlim muassasalari qatorida "TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. 


Forum doirasida oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar, akademik almashinuv va qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi, shuningdek Tojikiston Milliy universiteti hamda Xo'jand davlat unviersitetlari oʻrtasida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Memorandumda ikki universitetlarning professor-o'qituvchilarini universitetimiz o'quv  jarayoniga onlaym yoki oflayn jalb qilish, hamkorlikda konferensiyalar tashkil etish va ilmiy maqolalar chop etish kabi masalalarga kelishib olindi.