“Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida Xorazm viloyatining Xonqa tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.

27.04.2026

#Rektordan

Xorazm viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ilmiy yechimlarga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida Xorazm viloyatining Xonqa tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi dotsenti Q.Yakubov, "Maxsus suv qurilish" MChJ direktori I. Qardashov hamda "Palvon-Gazovat" ITB boshlig‘i R.Sabirovlar o‘rganishlar olib borishdi.

Xonqa tumani “Qoramazi” mahallasida aholi xonadonlari va 684,0 gektar tomorqa yer maydonlarini suv taminoti yaxshilash maqsadida mahalla xududidan oqib o‘tuvchi uzunligi 5,4 km suv o‘tkazish qobiliyati 1metr.kub/sekund bo‘lgan "Zargar yab" ichki kanalni betonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Xozirgi kunda kanalning 2,5 km uzunlikdagi qismi betonlashtirilgan qismi joyiga chiqib ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish davomida sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va betonlashtirish ishlari sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.